Xalqaro savdo uchun yangi imkoniyatlar

Joriy yilning 23-noyabr kuni "Hilton Tashkent City"da Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "Ready4Trade Markaziy Osiyo" loyihasi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qo'mitasi UNCTD/UNWTO xalqaro savdo markazi (ITC) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan "Uzbekistan Trade Info" bosqichma-bosqich savdo axborot platformasini ishga tushirish bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida "Uzbekistan Trade Info" bosqichma-bosqich savdo axborot platformasining rasmiy ishga tushirish marosimi va taqdimoti, shuningdek, O'zbekiston va Markaziy Osiyoning xalqaro bozorlarga chiqishi uchun platformaning salohiyati muhokama qilindi.

Onlayn vosita transchegaraviy savdo bilan bog'liq ma'lumotlarga bepul va doimiy kirishni ta'minlashga, tadbirkorlarga vaqt va xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi va savdo-sotiqdagi tartibga solish va protsessual to'siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.
Platformani ishlab chiqish jamoa tomonidan davlat organlari va xususiy sektor bilan birgalikda axborotning doimiy yangilanishini va uni dolzarb shaklda taqdim etilishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Platforma Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan 4 yillik "Ready4Trade-Markaziy Osiyo" loyihasi doirasida ishga tushirildi. Savdo aloqalarini kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy loyiha Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston kabi beshta Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi.

Uzbekistan Trade Info bosqichma-bosqich savdo ma'lumotlari platformasi mavjud milliy onlayn xizmatlarni to'ldiruvchi transchegaraviy savdoni osonlashtirishda samarali vosita bo'ladi va O'zbekistonning xususiy sektoriga xalqaro savdoning barcha imkoniyatlaridan foydalanishga yordam beradi.