Niderlandiya Rossiyaga tegishli 14 ta yaxtani hibsga oldi

Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstra parlamentga yoʼllagan maktubida bojxona organlari Gollandiya kemasozlik zavodlarida joylashgan rossiyaliklarning 14 ta yaxtasi bilan bogʼliq vaziyatni qattiq nazoratga olganini va bu kemalarning mamlakatdan chiqib ketishini taqiqlaganini maʼlum qildi.
Vazirning tushuntirishicha, qurilayotgan 12 ta yaxta, jumladan uzunligi 35 metrdan ortiq superyaxtalar va texnik xizmat koʼrsatilayotgan ikkita yaxtaga cheklovlar qoʼyilgan. Baʼzi Rossiya fuqarolariga nisbatan qoʼllanilgan sanksiyalar tufayli kemalar Niderlandiyadan chiqib keta olmaydi, yetkazib berilmaydi yoki egalariga topshirilmaydi.
Avvalroq Ispaniya rasmiylari AQSh rasmiylarining iltimosiga ko‘ra tadbirkor Viktor Vekselbergning yaxtasini qo‘lga olgani xabar qilingan edi.
AQSh G'aznachiligi mamlakat o'z ittifoqchilari bilan birgalikda ko'p tomonlama idoralararo guruh tarkibida Rossiya Federatsiyasidan elitaning aktivlarini qidirish va musodara qilishni boshlashini e'lon qildi.






