NKMK oltin ma'danini qazib olish bo'yicha kompleks qurishni rejalashtirmoqda

Vazirlar Mahkamasi Pistali konida oltin ma'danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish to'g'risida qaror qabul qildi.

Investitsiya loyihasining qiymati - $ 274 668,9 bo'lib, 2024 yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan va kompleks yiliga 4 million tonna oltin ma'danlarni qazib olish ukuchiga ega bo'ladi.

Loyihani amalga oshirish uchun uch yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga $245 070 ming xorijiy kreditlar jalb etiladi.

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ – investitsiya loyihasini amalga oshirish, xorijiy banklarning kreditlarini qaytarish va ularga xizmat ko'rsatish uchun mas'uldir.