Nodirbek Аbdusattorov Magnus Karlsenni magʼlub etdi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida oʼtayotgan «Tata Steel Chess» xalqaro turnirining 5-turida musobaqaning markaziy uchrashuvlaridan biri klassik shaxmat boʼyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen hamda hamyurtimiz Nodirbek Аbdusattorov oʼrtasida kechdi.
Klassik shaxmat «dueli»da ilk bor kuch sinashayotgan har ikki shaxmatchi uchun bahs oʼta murakkab tarzda boʼlib oʼtdi. Nodirbek garchi qora donalarda harakatlangan boʼlsa-da tajribali Karlsenni himoyalanishga majbur qildi.
Soʼnggi dona surishlarda bitta piyoda ustunligiga ega boʼlgan Аbdusattorov oxir-oqibat Karlsen ustidan ishonchli gʼalabaga erishdi va xalqaro turnirning yakka peshqadamiga aylanib oldi.






