Noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar soni kamaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi vakillari matbuot anjumanida 2022-yilning olti oyida noqonuniy kesilgan daraxtlar soni 55 foizga kamayganini maʼlum qildi.
Noqonuniy harakatlar bilan birinchi yarim yillikda jami 882 ta daraxt kesilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 55 foizga kam (1922 ta daraxt).
Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu davrda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq 2300 ta holat aniqlangan. Huquqbuzarlarga nisbatan 3,4 milliard so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan, bundan tashqari, ular atrof-muhitga yetkazilgan 4,3 milliard so‘m zararni ham qoplashlari shart sanalgan.






