Nurmat Otabekov

6-iyul kuni koronavirusga qarshi kurash bo'yicha shtab a'zosi Nurmat Otabekov brifingda fuqarolarning savollariga javob berdi.
«Ma'lumki, biz o'tgan yili karantin cheklov tadbirlari keskin o'tkazilgan paytda koronavirusning birinchi to'lqini bilan kurashishga muvaffaq bo'ldik. Bugungi kunga kelib, odamlar orasida bu kasallik yana tez-tez uchraydi va agar yana karantin va cheklov tadbirlari o'rnatilsa, ko'p oilalarni hayot kechirish, ularni iqtisodiy ahvolini tang holatga keltirib qo'yish nuqtai nazardan bu kabi tadbirlarni o'tkazishga qo'l urinmiyapti», - dedi Nurmat Otabekov.
Shuningdek, koronavirusga qarshi kurash bo'yicha shtab a'zosi surunkali kasalliklarga chalingan odamlar, masalan, qandli diabet kasalligi yoki nafas olish tizimida muammosi bor kasalliklar, onkologik kasallikka chalingan odamlar, yurak, qon va tomir tizimida kasalligi bor odamlar ko'proq koronavirus infeksiyasidan jabr ko'rayotganlarini ta'kidladi.
Nurmat Otabekov koronavirusga qarshi ommaviy emlanish ushbu kasallikni oldini olishga olib kelishini ta'kidladi, chunki mutaxassisning so'zlariga ko'ra, barcha vafot etayotgan bemorlar orasida emlangan odamlar yo'q.






