Nyu-York shtatida so’nggi 40 yildagi eng kuchli zilzila qayd etildi

NBC telekanali xabariga ko’ra, AQShning Nyu-York shtati shimoli-g‘arbiy qismida so‘nggi 40 yildagi eng kuchli zilzila qayd etildi. Qayd etilishicha, zilzila Niagara sharsharasi hududida ham sezilgan.

USGS - Mamlakat Geologik xizmati maʼlumotlariga koʻra, kecha, 6-fevral kuni Eri okrugida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Silkinishlar markazi Uest-Senek shahridan ikki kilometr sharqida ekani va uch kilometr chuqurlikda sodir etilgani aniqlangan.

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, 1983-yildan buyon Uest-Senek mintaqasining Buffalo shahri yaqinida 2,5 magnitudali 24 marta yer silkinishi sodir b’lgan.