Oʼqituvchilarning maqomi Konstitutsiya bilan himoyalanadi

Murojaatnoma davom etmoqda, unda, eʼtibor Yangi Oʼzbekiston uchun eng katta investitsiya boʼlgan taʼlimni qoʼllab-quvvatlashga qaratilishi taʼkidlandi. Oʼqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Kelasi yildan boshlangʼich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar boʼyicha oʼqitish yoʼlga qoʼyiladi.

“Biz Yangi Oʼzbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilayapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambagʼallikni qisqartirish, demakdir", - dedi davlat rahbari.