O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining Parlamentlararo ittifoq tadbirlarida ishtiroki

Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya azolari Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari rahbarlarining butunjahon konferensiyasi va Parlamentlararo ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari ayol spikerlari sammitida ishtirok etish uchun Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib turishibdi.

Konferensiya “Sayyoramiz ahli uchun tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan yanada samarali ko‘p tomonlama hamkorlik uchun parlament rahbariyati” deb nomlangan umumiy mavzuda bo‘lib o‘tadi.

Parlamentlararo ittifoq tomonidan Avstriya Respublikasi parlamenti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tashkil etilayotgan tadbirda dunyoning 110 dan ortiq parlament rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi xorijiy mamlakatlar parlamentlari va yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.