O‘zbekistonda to’lovlarni QR-kod orqali amalga oshirish ommalashib bormoqda

Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda bank kartasi va to'lov terminalidan foydalanmagan holda mobil ilovalar yordamida tovarlar va xizmatlar uchun QR-kod bo'yicha tezkor to'lovlarni amalga oshirish ommalashib bormoqda.

"2021-yilda QR-online axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan QR kodlar soni 2020-yilga nisbatan qariyb 1,5 baravar ko'paydi va 92 mingga yetdi",- deyiladi ma’lumotlarda.