CICA norasmiy yig'ilishi

Nyu-Yorkda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Qozog'iston tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgan Osiyoda o'zaro hamkorlik va ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlari konferensiyasining (CICA) norasmiy vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Bahrayn, Iordaniya, Hindiston, Eron, Pokiston, Rossiya, Turkiya va boshqa 26 davlat vakillari ishtirok etdi.

Yig’ilishda 2022 yil 12-13 oktyabr kunlari Ostona shahrida bo'lib o'tadigan “CICA VI” sammitiga tayyorgarlik masalalari, shuningdek yakuniy hujjatlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning CiCA doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan aniq taklif va tashabbuslarini ishtirokchilarga havola etdi.