MDH MFMning bo'lajak yig'ilishi to'g'risida

2020 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga raisligi doirasida Hamdo'stlikka a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining videokonferentsiya shaklida yig'ilishi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi yig'ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, shuningdek Ijroiya qo'mitasi raisi - MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadi.

Tadbir davomida Hamdo'stlik doirasidagi erishilgan natijalar va o'zaro hamkorlikning yangi ustuvor yo'nalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar, shuningdek yaqinda bo'lib o'tadigan MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisida imzolash rejalashtirilgan hujjatlar loyihalari bo'yicha fikr almashiladi.