"Ochiq va ishonchli hamkorlik", O'zbekiston va YXHT o'rtasida OAV erkinligi bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi

2021 yil 13 aprelda O'zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YXHT) doimiy vakili tomonidan YXHTning ommaviy axborot vositalari bo'yicha vakili Tereza Mariya Ribeyro bilan videokonferensiya muzokaralarini tashkil etildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o'rinbosari Dilshod Saidjanov va YXHT huzuridagi doimiy vakil, elchi Abat Fayzullayev ishtirok etdi.

Uchrashuvda ta'kidlanishicha, so'nggi yillarda O'zbekistonda so'z erkinligini ta'minlash tubdan yaxshilanmoqda, ommaviy axborot vositalarining roli tez o'zgarib bormoqda, ular xalqning ovozi, to'rtinchi hokimiyatga aylanmoqda.

Tomonlar O'zbekistonning YXHT va uning tegishli tuzilmalari bilan hamkorligi axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishga hissa qo'shishini ta'kidlab o’tdilar.