Ochiqlik siyosatini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so'mdan 1,5 mln so'mgacha) jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.