Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti tashkil etiladi

“Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, Oliy Sud tizimida Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti tashkil qilinadi.

Ta’kidlash joizki, Farmon bilan 2023-2026-yillarga mo'ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiya doirasida sudlar faoliyatini to'liq raqamlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma'lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish odil sudlovni ta'minlashning vazifalaridan biri etib belgilandi.

Farmonga ko'ra, sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma'muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash choralari belgilanadi.

Shuningdek, 2023-2026-yillarga mo'ljallangan sud tizimining axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqiladi.