Og‘ir atletikachimiz Koniyadagi Islom birdamlik o‘yinlarida ham rekord o‘rnatdi

V Islom birdamlik o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Ruslan Nurudinov (-109 kg) navbatdagi “oltin” medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, u birinchi urinishdayoq siltab ko‘tarishda O‘yinlar rekordini o‘rnatgan bo‘lsa, keyinroq 187 kg og‘irlikdagi shtangani ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda Ruslan Nurudinov 230 kilogramm og‘irlikdagi shtangani ko‘targan bo‘lsa, ikki mashq yig‘indisida 417 kilogramm natija qayd etdi.

Shu tariqa dasturning barcha turlarida og‘ir atletikachimiz munosib g‘alabaga erishdi.