Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasiga rahbar tayinlandi

Toʼraqoʼrgʼon tumani hokimi Zulayho Baxriddinovna Mahkamova Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Prezident xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash sohasining yangi tizimini belgilab berdi.
“Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasida ham ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash masalasini eng muhim yoʼnalishlardan biri sifatida bejizga belgilamadik.
Ushbu muhim vazifalar ijrosini tizimli tarzda har bir mahalla kesimida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida bugun Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasini tashkil etish boʼyicha Farmonni imzoladim.
Qoʼmita rahbari lavozimiga ayollarning muammolari, dardu-tashvishi bilan yaqindan tanishish va ularni hal qilish boʼyicha katta tajribaga ega boʼlgan Toʼraqoʼrgʼon tumani hokimi Zulayho Baxriddinovna Mahkamova tayinlandi.
Yangi Qoʼmita raisi Mahkamova ayni paytda Bosh vazir oʼrinbosari va Senat aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi.
Joylarda qoʼmitaning viloyat, tuman va shahar rahbarlari esa hokim oʼrinbosari boʼladi.
Yangi qoʼmita Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi hamda “Аyollar daftari” jamgʼarmasini oʼzi boshqaradi.






