Deputatlar oiladagi zo'ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortishni ma'qulladilar

Joriy yilning 23-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik kodekslariga ayollar hamda voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar to‘plami qabul qilindi.

Qonun loyihasining asosi Senat huzurida tashkil etilgan faollar va ekspertlardan iborat ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular loyihaning eng so‘ngi nuqtasiga qadar Qonunga kiritilayotgan bugungi kun uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgartirishlarni yoqlab himoya qilishdi.

Xususan, oiladagi zo‘ravonlik jinoiy huquqbuzarliklar turkumiga o‘tkazildi, iqtisodiy va psixologik zo‘ravonlik, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi.

"Buni fuqarolik jamiyati va faollarning g‘alabasi deb bilaman. Sog‘lom fikr va adolatning g‘alabasi." - deya yozadi Saida Mirziyoyeva.