Oksford universiteti O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyor

Buyuk Britaniyadagi o‘zbekistonlik diplomatlar dunyoning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasasi hisoblangan Oksford universiteti rahbariyati va olimlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida Oksford universitetining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan akademik hamkorligini yoʻlga qoʻyish, taʼlim sohasida biznes maktablariga ixtisoslashgan dasturlar doirasida mutaxassislaar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Universitetning ta’lim bo‘yicha prorektori Martin Uilyams O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim va fan rivoji hamda kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kengaytirish uchun samarali xizmat qilayotganini ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuvda Oksford universiteti olimlari Markaziy Osiyodagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli akademik hamjamiyat o‘rtasida mintaqa mamlakatlari tarixi va zamonaviy taraqqiyotini o‘rganishga e’tibor kuchayayotganini tasdiqladilar.