Oʼzbekistonda 2022-yilda oʼlim soni kamaygan

Ma’lum qilinishicha, oʼtgan yili mamlakatda 172,1 mingta oʼlim holati qayd etildi. Bu 2021-yilga nisbatan 2,4 mingga kam. Vafot etganlar yosh guruhlari boʼyicha taqsimlanganda 20 yoshgacha vafot etganlar 20,0 %ni, 20–59 yoshlar orasida 24,6 %ni, 60 va undan katta yoshlilarda esa 55,4 %ni tashkil etgan.
Vafot etganlarning 95 ming nafari erkak, 77,1 ming nafari ayollar. Shuningdek, oʼlim holatlarining 92 mingi shaharlarda, 80,1 mingi qishloqlarda qayd etilgan. Vafot etganlar koeffitsienti 1000 nafar aholiga nisbatan 4,8 nafarga teng boʼlgan.






