Olimlar COVID-19 bilan kasallanganlarda aqliy qobiliyatlarning yomonlashishini aniqladilar

Koronavirusga chalinganlarning miya faoliyati yomonlashadi. Eng muhim buzilishlar fikrlash, muammolarni bartaraf etish va rejalar tuzish kabi funksiyalarda topilgan.

Olimlar BBC bilan hamkorlikda 80 mingdan ortiq odamlarni sinovdan o'tkazdilar. Koronavirusga chalingalar inson ongining turli jihatlarini baholash uchun ishlatiladigan to'qqiz turdagi testlarni topshirdilar. Natijada, olimlar kognitiv nuqsonlarni qayd etishdi.

Ammo, olimlarning ta'kidlashicha, ushbu ilmiy tadqiqotlarning aksariyatida COVID-19 kasalligi o'rganilgan kognitiv buzilish bilan bog'liqligi to'g'risida kam ma'lumot mavjud.