Oliy Majlis Senatining 18 yalpi majlisi ikkinchi kuni
27 avgust kuni Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisi davom etdi va qator dolzarb masalalar muhokama qilinib tegishli yechimlar va qonunlar qabul qilindi.
Yalpi majlisda ko'tarilgan mavzular bo'yicha qisqacha tafsilot:
• Kadastr agentligi direktorining axboroti eshitildi va so'ngi yillardagi sohadagi qonunbuzarliklarni oldini olish bo'yicha tegishli tavsiyalar va qarorlar qabul qilindi.
• “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi maxsus rezolyutsiya chora-tadbirlari ijrosi muhokama qilindi
• “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi. Ushbu qonun sug‘urta faoliyatini tartibga solish, sohaga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy qilish hamda sug‘urta sohasidagi iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
• “Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlari yaratiladi”. Senatorlar ushbu sohadagi qonunni ma’qulladilar
• “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi va 26 sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni sifatida belgilanadi
• Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralari o‘zgartirildi
• Sudyalar korpusini ochiqlik va shaffoflik asosida eng munosib kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qiladigan qonun ma’qullandi