Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi

2021-yil 23-avgust kuni Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Majlisda Oliy Majlis yuqori palatasining o'n sakkizinchi yalpi majlisida ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasining "sug'urta faoliyati to'g'risida" gi va "O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi qonunlari, Qo'mitaning 2020 yil faoliyati to'g'risidagi hisoboti va 2021 yilning birinchi yarim yilligi hamda boshqa masalalar.

Shundan so'ng qo'mita faoliyati 2020-yilda va 2021-yilning birinchi yarmida muhokama qilindi.

Qonunchilik palatasidan kelib tushgan 23 qonun oldindan ko'rib chiqildi. Senat Kengashiga 22 qonun loyihasini tasdiqlash va bitta qonunni bekor qilish bo'yicha qo'mita xulosalari kiritildi.

-Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining 4 ta hisoboti, 24 ta axboroti tinglandi.

-Hisobot davrida byudjet va moliyaviy munosabatlar sohasida 10 ta qonun oldindan ko'rib chiqildi va 12 ta nazorat-tahlil tadbirlari o'tkazildi.

-Pul-kredit siyosati sohasida 4 ta nazorat-tahlil tadbirlari tashkil etildi.
Qo'mita iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilishga qaratilgan 13 qonun loyihasini oldindan ko'rib chiqildi.

-Monopolist tashkilotlarda "raqobat to'g'risida" gi qonun ijrosi holati o'rganilib, tegishli rahbarlarning axboroti tinglandi.

Yig'ilishda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan Qo'mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.