“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Oliy Majlis Senatida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida olib borilgan ishlar holati muhokama qilindi.
Majlis davomida statistik ma'lumotlar keltirildi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiyot brigadalari tomonidan aholining 1 858 480 nafari yoki 96,5 foizi, Xorazm viloyatida aholining 1 829 610 nafari yoki 96,6 foizi to‘liq tibbiy xatlovdan o‘tkazilgan. Xatlov natijasiga ko‘ra, aholi to‘rt guruhga ajratildi.
Barcha tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, joylarda ko'plab tugallanmagan ishlar mavjud. Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasida mutaxassis shifokorlar yetishmayapti, Xorazm viloyatida esa tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik holati zamonaviy talablarga javob bermaydi.






