Olmaota talofatlardan taxminan — 112,6 milliard tenge (259 million dollar) zarar ko’rgan

Bu haqida Olmaota hokimining oʼrinbosari Ilyos Userov odatiy hayot tarzini taʼminlashni tiklash boʼyicha shahar shtabining yigʼilishida maʼlum qildi.

Maʼruzachining soʼzlariga koʼra, yetkazilgan zararni aniqlash ishlari hamon davom etmoqda.

Koʼrilgan zarar miqdori:
— maʼmuriy binolar – 22,6 mlrd;
— moddiy-texnik baza – 16,7 mlrd;
— avtomobillar – 1,9 mlrd;
— biznes — 67 mlrd.

Tartibsizliklarda nooziq-ovqat doʼkonlari eng koʼp zarar koʼrdi – 20,9 milliard tenge.

Shuningdek, tartibsizliklar qurol-yarogʼ doʼkonlariga (6,4 milliard tenge), oziq-ovqat doʼkonlariga (5,7 milliard tenge), lombardlarga (2,9 milliard tenge), umumiy ovqatlanish obyektlariga (1,8 milliard tenge) zarar yetkazgan.