Olti nafar qozogʻistonlik milliarder Forbes reytingidan joy oldi

Forbes nashri anʼanaviy ravishda eʼlon qilib keladigan dunyoning eng boy odamlari reytingidan olti nafar qozogʻistonlik ham joy oldi.

Nashrga koʻra, qozogʻistonlik milliarderlar orasida eng boyi Vladimir Kim hisoblanadi. U umumiy roʻyxatning 591-oʻrinidan joy oldi Kiming boyligi 4,6 milliard dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, reytingning 636-oʻrini Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Dinara Kulibayeva hamda kuyovi Timur Kulibayevga nasib qilgan. Ularning har biri 4,3 mlrd dollarlik aktivlarga egalik qilmoqda.

Roʻyxatning 787-qatorida Vyacheslav Kim (boyligi — 3,5 mlrd dollar), 949-oʻrinida Timur Turlov (boyligi — 3,1 mlrd dollar) va 1104-oʻrinida Bulat Utemuratov (boyligi — 2,7 mlrd dollar)ni koʻrish mumkin.