Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish yo'nalishlari bo'yicha

BMTTD va ITSV Qoraqalpog'istonning beshta tumanida BMTning Orolbo'yi mintaqasi uchun Ko'psheriklik trast fondi va Yaponiya hukumati moliyaviy ko'magi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar bo'ylab media-tur o'tkazdi.
13 va 14 oktabr kunlari BMT taraqqiyot dasturi O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ikki kunlik media-tur o'tkazdi. Safar davomida jurnalistlar jamg'arma tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT agentliklarining qo'shma dasturlarini amalga oshirish jarayoni bilan tanishishdi, namunaviy obyektlarga tashrif buyurishdi, qishloq jamoalarining aholisi bilan muloqot qilishdi va mintaqani rivojlantirish bo'yicha faoliyatning dastlabki natijalarini ko'rishdi.
Tashrif Qo‘ng‘irot Markaziy tuman shifoxonasi va mahalliy 22-sonli poliklinikasiga tashrif bilan boshlandi.
Tashrif davomida, OAV vakillari bu yerda yashaydigan mahalliy aholi elektr energiyasidan uzluksiz foydalana olish, global tarmoqqa kirish, maishiy texnika va elektr jihozlaridan foydalanish, eng muhimi, ta'lim olish uchun qo'shimcha imkoniyatlar mavjudligiga ishonch hosil qilishdi. Umuman olganda, ishdan chiqqan transformatorlar almashtirilgandan so'ng, Qo'ng'irot, Bozatov va Mo'ynoq tumanlarining oltita jamoalarida istiqomat qiladigan 3685 aholi elektr energiyasiga ega bo'ldi.
Shu kuni media-tur ishtirokchilari yoshlar "Santexnik-PP" kasbining barcha xususiyatlarini o'rganayotgan professional kurslarda qatnashish imkoniga ega bo'ldilar.
Shuningdek, jurnalistlar Bo‘zatov tumaniga tashrif buyurishdi. Bu yerda 6 gektar maydonda Shimoliy hududning murakkab iqlim sharoitiga nisbatan ancha chidamli bo‘lgan yarim pakana mevali daraxtlar ekilar ekan.
Mazkur intensiv boqqa suv quyosh panelida ishlaydigan nasos yordamida tomchilatib sug'orish usuli qo‘llaniladi.
Bundan tashqari tashkilotchilar tomonidan Taxtako‘pir Qoraqalpog'istonning eng Shimoliy hududiga sayohat bo‘lib o‘tdi.
Media tur Qorao‘zak, Chimboy tumanlariga tashrif bilan yakunlandi. OAV vakillari tumalarida amlaga oshirilayotga izchil o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdilar.
BMT taraqqiyot dasturi O'zbekiston hukumatiga Qoraqalpog'iston chekka tumanlari va jamoalarida inson xavfsizligini ta'minlash orqali ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasini tashkil etish yo'lida Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirishda ko'mak berishda davom etmoqda.






