Osiyo taraqqiyot banki Avg’onistonga yordam uchun BMTga 405 million dollar qarz berdi

Bu mablagʻlar hisobidan 800 ming aholini oziq-ovqat, 390 ming xonadonni jihozlar bilan taʼminlash rejalashtirilgan. 168 ming afg'on fuqarosi esa pul yoki g'alla uchun ish bilan ta'minlanishi ko'zda tutilgan.

Mablag'larni taqsimlash quyidagicha amalga oshiriladi:

• Jahon oziq-ovqat dasturi: 135 mln dollar

• Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti: 65 mln dollar

• UNICEF: 200 mln dollar (5,3 million kishiga sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash va 2,3 million dozada COVID-19 vaksinasini taqdim etish, 264,000 bolalar auditoriyasini ta’minlash uchun)

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi: 5 million dollar