Osiyo taraqqiyot banki ichimlik suvi taʼminoti uchun 161 million dollar ajratadi

Prezidentning “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat, Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlarida hamda Chinoz tumani markazida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ichimlik va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi va OTB o‘rtasida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish uchun 161 million dollarlik kredit shartnomasi imzolandi. Kreditni to'lash muddati 25 yil bo’lib, 5 yillik imtiyozli davr bilan belgilandi.