Osiyo taraqqiyot banki O'zbekistonga $273,8 mln ajratadi

OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va yangilash uchun 273,8 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi.
Mablag‘lar Surxondaryodagi Darband — Denov yo‘lining 106 kmni yangilash, SARES-2 koridoriga kiruvchi G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu yo‘lining 87 kmni rekonstruksiya qilishga sarflanadi. Shuningdek, bank tadbirkor ayollar uchun 150 ming dollarlik grant ham beradi.
Loyiha doirasida yo‘llar kengaytiriladi va rekonstruksiya qilinadi, bunda safar vaqtlari va avtomobillarni ta’mirlash xarajatlarini qisqartirish ko‘zda tutilgan. Piyodalar uchun infratuzilma, jumladan, avtobus bekatlari yaxshilanadi. Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanadi, yo‘l belgilari yangilanadi.






