“Oskar” Amerika kinoakademiyasi mukofotining 93-taqdirlash marosimi Los-Anjeles shahrida bo’lib o’tdi

“Oskar”-2021: Eng yaxshi film sovrindori - "Ko'chmanchilar mamlakati", eng yaxshi rejissyor - Xloya Chjao.

“Ko’chmanchilar mamlakati” “Oskar” mukofotini eng yaxshi film sifatida, uning rejissori Xloya Chjao eng yaxshi rejissor sifatida qo’lga kiritdi. U AQSHning irqiy ozchiliklarining eng yaxshi rejissura sifatida “Oskar” mukofotini qo’lga kiritgan birinchi ayol vakil hamda eng yaxshi rejissor sifatida tarixda ikkinchi ayoldir. Birinchi bo’lib 2009-yilda o’zining “Bo’ronlar hukmdori” filmi uchun Ketrin Bigelou mazkur mukofotni qo’lga kiritgan edi.

“Ko’chmanchilar mamlakati” filmi Amerika bo’ylab sayohat qilib furgonda yashashga qaror qilgan beva ayol haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramon rolini ijro etgan Frensis Makdormand eng yaxshi ayol roli uchun “Oskar” mukofotini qo’lga kiritdi. Shu sababdan ham, kinoakademiyaning asosiy mukofotlarini qo’lga kiritgan “Ko’chmanchilar mamlakati” filmi, 2021-yil “Oskar”lar g’olibiga aylandi.

Eng yaxshi aktyor sifatida “Oskar” mukofotini “Ota” filmida demensiya bilan kasallangan qahramon rolini ijro etgan 83-yoshli Entoni Xopkins qo’lga kiritdi. Ser Entoni Xopkins bosh rolni ijro etib “Oskar” mukofotini qo’lga kiritgan tarixdagi eng keksa aktyor bo’ldi. Kinoshunoslar mazkur nominatsiya bo’yicha “Oskar” mukofoti bilan o’tgan yozda saratondan vafot etgan Chedvik Bouzmanga (“Ma Reyni: Ko’klar onasi” filmidagi roli uchun) taqdirlanishini kutishgan edi.