Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishning asosiy ustuvor vazifalari
Seminar vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha biriktirilgan rahbar o‘rinbosarlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, vazirlik tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, tarmoq tashkilotlar tomonidan innovatsion faoliyat sohasida uch yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda asosiy e’tibor berish kerak bo‘layotgan jihatlar muhokama qilindi.
Bugungi kunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 140 ta tashkilotlardagi rahbar o‘rinbosarlarning biriga innovatsiyalarni joriy etish (Chief Innovation Officer) vazifasi yuklatildi va ularning bazaviy lavozim maoshiga har oyda 30 foiz miqdorida ustama to‘lanish tizimi joriy etildi. Shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarida innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmalar 110 taga yaqin tashkilotlarda tashkil etildi hamda tegishli bo‘linmalarni faoliyati muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari innovatsiyalarni joriy etishga biriktirilgan o‘rinbosarlar faoliyati yil yakuni bo‘yicha vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida baholanadi hamda eng faol o‘rinbosarlar taqdirlanadi.