OSTIM xalqaro tashkiloti O'zbekistonda loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Bugun O'zbekiston Respublikasi mebel va yog'ochsozlik uyushmasi, rasmiy tashrif bilan kelgan, OSTIM Xalqaro tashkiloti delegatsiyasini kutib oldi.

OSTIM Anqara shahridagi yetakchi sanoat zonalaridan biri hisoblanib, tashkil etilganiga 50 yildan oshgan bo'lsa ham hozirgacha yetakchi o'rinlarni egallab turadi. Tashkilot 1967 yil Jevat Dyundar va bir guruh tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan bo'lib, hozirgi kunda 139 ta biznes yo'nalishida 6200dan ortiq korxona va 17 sektorda 60mingdan ortiq xodimlariga egadir.

Tashrifdan asosiy maqsad O'zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini mustaxkamlash, o'zaro foydali va manfaatli bo'lgan hamkorlikni ta'minlash, O'zbekistonda klaster infrastrukturasini rivojlantirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Mebel va yog'ochsozlik sanoatiga uyushmasiga Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanida tashkil etilayotgan Mebel Klasterini yaratishda o'z taklif va yordamini ko'rsatishdir.

OSTIM yuqori tajribaga ega bo'lgan tashkilot hisoblanib tashkilot tomonidan hozirgi kunda Anqara shahrida OSTIM texnika universiteti tashkil etilgan.

Texnika universiteti maslaxat kengashi raisi, delegatsiya rahbari, Orxan Aydin o'z intervyusida O'zbekiston bilan hamkorlik ikki tomon uchun samarali va manfaatli bo'lishini, shuningdek ulardagi resurs va imkoniyatlar O'zbekiston Respublikasi Mebel va yog'ochsozlik sanoatiga uyushmasiga Mebel klasterini tashkil etishda ko'maklashish uchun yetarli ekanligini, O'zbekiston Respublikasida OSTIM Texnika universitetini tashkil etish haqidagi taklifini aytib otdi.

O'zbekiston Respublikasi Mebel va yog'ochsozlik sanoatiga uyushmasi OSTIM xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikka tayyorligi va kelajakdagi ko`zda tutilayotgan loyihalarni birgalikda amalga oshirishini ma'lum qiladi.