Ostona xalqaro moliya markazi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilind

Joriy yilning 3 dekabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzaqov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi "Ostona" Xalqaro moliya markazi (OXMM)da bo'ldi.

OXMM mamlakatda likvidli va muvozanatli kapital bozorini rivojlantirish uchun tashkil qilingan. U investorlarni kapital hamda moliyaviy xizmatlar va investitsiya vositalarining keng doirasi bilan ta'minlovchi yagona platformadir. OXMM umumiy ingliz huquqi asosida faoliyat yuritadi hamda unga xalqaro ishtirokchilarni jalb qilish uchun bir qator imtiyoz va prefensiyalar joriy etilgan.

OXMM rahbariyati investitsiya va moliyaviy sohasida qonunchilikni takomillashtirish, bank-moliya yo'nalishidagi islohotlarni amalga oshirish, kapital bozori va fintex startaplarini rivojlantirishni rag‘batlantirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, Islomiy va “yashil” moliyalashtirish vositalarini joriy etish hamda raqamlashtirish borasida o'z tajribalari va erishilgan natijalari bilan o'rtoqlashdi.

Delegatsiya aʼzolari, shuningdek, OXMM Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish boʻyicha qo'mitasi, OXMM sudi, Xalqaro arbitraj markazi (XAM), OXMM "Expat markazi" Uzluksiz kasbiy rivojlanish byurosi, Moliyaviy texnologiyalar markazi (Fintech Hub) hamda OXMM Birjasi kabi OXMM organlari tashkilotlarining faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to'g'risida kelishuvga erishildi.