O'tgan yil bo'yicha o'zbekistonlik Haj ziyoratchilari soni ma'lum qilindi

2022-yilda 12 mingdan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchi Hajga borgan, deb ma'lum qildi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Salomov.
Qaydetilishicha, 2022-yilda 12 045 nafar ziyoratchi Haj amallarini, 61 mingdan ortiq ziyoratchi Umra amallarini ado etgan.
Shunungdek, o'tgan yilda:
O‘zbekistonda yetishib chiqqan allomalarning 23 ta asari tarjima qilingan, 27 ta ilmiy-ommabop risola nashr etilgan;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 3 ming 80 nafar diniy soha xodimi hamda manfaatdor idoralar mutaxassislarining malakasi oshirilgan;
Islomshunoslik va manbashunoslik sohasida 24 ta falsafa doktori hamda fan doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan;






