O’tgan yilda 20 140 nafar fuqaro O’zbekiston hududini tark etgan

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston hududini tark etgan fuqarolar soni 20 140 kishini tashkil etib, ularning asosiy qismi Qozog’iston, Rossiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko’chib ketgan.

O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 56,6 foiz), Rossiya (30,5 foiz), Tojikiston (3,7 foiz), Qirg‘iziston (2,3 foiz), Ukraina (1,6 foiz) va boshqa mamlakatlar (5,3 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, o‘tgan yili xorijdan 1,9 ming kishi O‘zbekistonga ko‘chib kelgan.

O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 38 foiz), Tojikiston (18,5 foiz), Rossiya (17,3 foiz), Qirg‘iziston (7,0 foiz), Turkmaniston (3,3 foiz) va boshqa mamlakatlar (15,9 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.