O'tgan yili aholiga 14,4 trln so'm miqdorda ipoteka kreditlari ajratilgan

Markaziy bank tomonidan maʼlum qilinishicha, 2022-yil davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 14,4 trillion soʼmni tashkil etgan.

Xususan, birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 10,8 trln soʼmlik va ikkilamchi bozordagi uylar uchun 3,6 trln soʼmlik ipoteka kreditlari ajratilgan.

Yil davomida tijorat banklari oʼz mablagʼlari hisobidan aholiga 3,8 trln soʼmlik ipoteka kreditlari ajratgan boʼlib, bu oʼtgan yilga nisbatan 2,9 trln soʼmga koʼp.