O’tgan yili Oʼzbekiston eng koʼp elektromobilni Xitoydan import qilgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million AQSh dollariga teng boʼlgan 2 180 dona elektromobil import qilgan. Elektromobil importi borasida Xitoy yetakchilik qilgan, BAA ikkinchi va Germaniya uchinchi o’rinda qayd etilgan.

Ma'lum qilinishicha, elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.

Oʼzbekiston 2022 yilda eng koʼp elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 1 941 dona;
— BАА – 111 dona;
— Germaniya – 58 dona;
— Gonkong – 42 dona;
— Litva – 10 dona;
— Koreya – 7 dona;
— Boshqa davlatlar – 11 dona.