O’tgan yili xakerlar tomonidan rekord darajada kriptovalyuta oʻgʻirlangan

IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida qayd etilishicha, 2022-yilda xakerlar kriptovalyuta bizneslarini rekord darajada nishonga olishgan.
Qayd etilishicha, kripto birjalari, moliya institutlari uchun vositalar va tadqiqotlar yaratadigan blokcheyn maʼlumotlari hamda dasturiy taʼminot xizmati provayderi boʻlgan “Chaynalisis”ning eng soʻnggi hisobotiga koʻra, oʻtgan yili kripto hamjamiyatidan buzgʻunchilik tufayli 3,8 milliard dollarlik kriptoaktivlar xakerlar tomonidan oʻgʻirlangan.
Elektron dalillardan maʼlum boʻlishicha, eng koʻp kriptovalyuta xakerlari Shimoliy Koreya bilan bogʻlangan. Qayd etilishicha, Shimoliy Koreyalik kiberjinoyatchilar orasida eng mashhur guruh bu “Lazarus Group” hisoblanadi.
Shuningdek, butun dunyo boʻylab koʻplab kiberjinoyatlarni sodir etgan guruh tomonidan “Harmony Blokcheyn” xakerlik hujumi natijasida 100 mln dollar kriptoaktiv oʻgʻirlangan.






