OTMga kirish uchun test sinovlari 58 ta stadion va xiyobonda bo‘lib o‘tadi

DTM xabariga ko‘ra, test sinovlarini o‘tkazish uchun 58 ta stadion va xiyobon tayyorlanmoqda.

Bunda:
1 smenada 1 614 ta guruhda 48 420 nafar;
1 kunda (2 smenada) 3 228 ta guruhda 96 840 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

Test sinovlarining ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlari guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.