Oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish 4,5 baravarga oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yoʼnalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yigʼilish boʼlib oʼtmoqda.

Davlatimiz rahbari sohada erishilgan natijalarga toʼxtaldi.

Oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish - 4,5 baravarga (4 trilliondan 17 trillion soʼmga), eksport – 5 baravarga (117 milliondan 563 million dollarga) oshdi.

Yil yakunigacha eksport 750 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Eksportbop mahsulotlar soni 200 taga yetdi, Fargʼona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi 11 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqdi.

Bugungi kunda sohada 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Tarmoqda yuqori qoʼshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni 2 baravarga, eksportni yanada oshirish reja qilingan.