Oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 100 mingtaga yetdi

Bu haqda Prezident raisligida b'olib o'tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Yig‘ilishda sanoatda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash va investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda:

qo‘shimcha 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirildi;

to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektrotexnika kabi sohalarni “drayver”ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi;

sanoatni zarur xomashyo bilan ta’minlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari 3 barobarga ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.

Natijada, oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko‘paydi.