Oy va Yer yuzalari suratlarda

Koreya aerokosmik tadqiqotlar instituti xabariga ko’ra, Janubiy Koreyaning Danuri orbital kemasi Oy va Yer yuzasini oq-qora suratga olgan. Ma’lum qilinishicha, kadrlar 2022-yil 24-dekabrdan 2023-yil 1-yanvarga qadar Oydan 120 kilometr uzoqlikda olingan.
“Rasmlardan 2032-yilda Oyga qo‘nish mumkin bo‘lgan joylarni aniqlashda foydalaniladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Danuri orbital kemasi har ikki soatda Oy atrofida aylanadi. U 2022-yil avgust oyida AQSHda SpaceX raketasidan Oyga uchirilgan. Shuningdek, ma’lum bo’lishicha, orbital qurilma 2023-yilda ilmiy missiyasini boshlaydi.






