Ozarbayjon bilan ustuvor yoʼnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2022-yil 21-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʼrinbosari L.Kudratov Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vazirining maslahatchisi E.Medjidov bilan uchrashdi.
Muzokaralar kun tartibi investitsiyalar, oʼzaro savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng koʼlamli masalalarini qamrab oldi.
Oʼzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʼrtasidagi hamkorlik boʼyicha Hukumatlararo qoʼshma komissiya va Ishbilarmonlar kengashining 2022-yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida navbatdagi yigʼilishlarini oʼtkazish masalasi yuzasidan yakdil qarorga kelindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar Oʼzbekiston va Ozarbayjon oʼrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qoʼshma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar.






