Ozarbayjon prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 2022 yil 24 may kuni Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag'dod Amreyevni qabul qildi.

Bosh kotib prezidentga 2021-yil 12-noyabrda Istanbulda bo'lib o'tgan Sammit chog'ida prezidentlar, xususan, iqtisodiyot va savdo, bojxona, axborot texnologiyalari va transport sohalarida qabul qilingan tarixiy qarorlarni amalga oshirilayotgani haqida ma'lumot berdi.

Bosh kotib raisligida TDT ga a'zo mamlakatlar turizm vazirlari 7-uchrashuvini o'tkazdilar. Ushbu uchrashuv natijalari prezident Ilham Aliyevga yetqazildi va Shamaxa shahrini "Turkiy dunyosining Turizm poytaxti"deb saylangani ma'lum qilindi.

B. Amreyev Ozarbayjon Prezidentiga 2022 yilda Turk investitsiya fondi va Ozarbayjonda TDT tomonidan rejalashtirilgan tadbirlar to'g'risida bitim tuzish bo'yicha muzokaralarning so'nggi holati to'g'risida ma'lumot berdi. 

Prezident Ilhom Aliyev TDT a'zo davlatlar va kuzatuvchi davlatlar o'rtasidagi hamkorlik sohalarini kengaytirish, ko'p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish yo'nalishida yangi bosqichga ko'tarilganini ta'kidladi.

Bosh kotib Prezident Ilhom Aliyevga turkiy dunyosining birdamligi va hamjihatligini mustahkamlashga qo'shgan ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.