Ozarbayjon va Oʼzbekiston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon va Oʼzbekiston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyishi kutilmoqda. Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi Emin Mamedzodaning so’zlariga ko’ra, bu masala birinchi Oʼzbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumida muhokama qilinadi.

“Oʼzbekistonda avtomobil zavodi anchadan buyon faoliyat yuritib, koʼplab mamlakatlarga eksport qilmoqda. Ozarbayjonda avtomobillarga talab oshdi. Tabiiyki, birgalikda avtomobil ishlab chiqarish katta istiqbolga ega boʼladi va bu masala boʼlajak mintaqalararo forumda muhokama qilinadi”,- deya qayd etgan Mamedzoda.

P.S. Forum 23-24-fevral kunlari Toshkentda boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan. Unda Oʼzbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining 3-yigʼilishi ham boʼlib oʼtadi.