Ozarbayjonda 11 ballik, Yaponiyada 9 ballik, Toshkentda 8 ballik zilzila tarixi

Gyandja zilzilasi — hozirgi Ozarbayjon hududining Gyandja shahri yaqinidagi 1139-yili 30-sentabr kuni boʻlgan 11 ballik zilziladir. Oqibatda 230 ming kishi halok boʻlgan, 8 ta koʻl hosil boʻlgan. Bu zilzila tarixdagi eng falokatli 5 zilzilalar toifasiga kiradi.

Buyuk Xitoy zilzilasi— Shensi provinsiyasida 1556-yil 23-yanvar kuni sodir boʻlgan. Salkam 830 000 kishi halok boʻlgan. Markaz Vey daryosi vodiysida boʻlib, Xuasyane shahri butkul yoʻq boʻlgan. 20 mlik yoriqlar paydo boʻlib, 500 kmlik hududga zilzila taʼsir koʻrsatgan. Zilziladan soʻng ancha vaqt aftershok holati kuzatilgan.

Yamayka zilzilasi — 1692-yilning 7-iyun kuni tahminan 11:43 da Port-Royal shahrida sodir boʻlgan. 2 ming kishi sunami oqibatida, 3 ming kishi tarqalgan kasallik va jarohatlar oqibatida halok boʻlgan.

Ulugʻ Sitsiliya zilzilasi — Sitsiliya tarixidagi eng kuchli zilziladir, 1693-yil Etna vulqoni otilishi ortidan sodir boʻlgan. 60-100 ming kishigacha insonlar halok boʻlgan.

Messina zilzilasi — 1908-yil 28-dekabr kuni soat 5:20 da Sitsiliya va Appenin yarimoroli oʻrtasida 7.8 magnitudada sodir boʻlgan. 3 mlik sunami yuzaga kelgan. Halok boʻlganlar soni turli maʼlumotlarga koʻra 200 minggacha boʻlgan.

Ashxabod zilzilasi — Rixter shkalasi boʻyicha 7.3 ballik zilzila 1948-yil 6-oktabr kuni mahalliy vaqt boʻyicha 02:17 da sodir boʻlgan. Zilzila Oʻchogʻi Ashxabod shahrining ostida 18 km chuqurlikda joylashgan edi. Markazda MSK-64 shkalasi boʻyicha tebranishlar 9-10 balgacha yetgan. Shahar toʻliq buzilgan, 35 ming kishi vafot etdi.

Toshkent zilzilalari — 1966-yil 26-aprel soat 5 dan 22 daqiqa 52 sekund oʻtganda Toshkentda qattiq yer qimirlash roʻy bergan. Zilzila oʻchogʻi 5-10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila energiyasi 1014 joulga yaqin, markazda uning kuchi 8 ballga yetgan. Zilzila natijasida atrofga seysmik toʻlqinlarning soʻnib borishi natijasida 8, 7, 6 balli maydonlar ajratilgan. Yerning 2-3 Gs chastotada tebranishi 10-12 daqiqa davom etgan. 9-maydan 10-mayga oʻtar kechasi, 24-may va 5-iyunda kuchli (6-7 ball) silkinishlar takrorlangan.

Yaponiya zilzilasi 2011-yilning 11-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da 9.0 - 9.1 magnitudali zilzila sodir bo’lgan. Giposentr Tinch okeanining 35 km chuqurligida joylashgan edi. Zilzila ortidan sunami kelgan.