O’zbekistan Qurolli Kuchlari qurollantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi.
Hujjatda belgilanishicha, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida (Mudofaa vazirligi huzurida) Mudofaa sanoati agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida «O‘ztextreyd» davlat unitar korxonasi tuzildi.
«O‘ztextreyd» DUK xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug‘ullanadi.






