O'zbekistan terrorizmga qarshi kurashish yo'nalishlarida AQSh bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko'tarmoqda

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Interpol milliy markaziy byurosi, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi mas'ul xodimlari bilan AQSh Davlat departamenti Terrorizmga qarshi kurashish Byurosi katta maslahatchisi Anna eliza Kornakkio boshchiligidagi delegatsiya o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokamasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Do'stona va konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuv davomida O'zbekiston va AQSh huquqni muhofaza qilish organlari o'rtasida dolzarb yo'nalishlarda xalqaro hamkorlik aloqalarini o'rnatish masalalari muhokama qilinidi.

Xususan, terrorizm, odam savdosi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo'nalishlarida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko'tarish hamda mazkur sohalarda o'zaro tajriba almashishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar belgilab olindi.