Oʼzbekiston 2022-yilda 5 mlndan ortiq turistga mezbonlik qilgan

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʼzbekistonga tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, ushbu muddatda eng ko’p turistlar Qozogʼiston, Tojikiston, QirgʼizIston va Rossiyadan kelgan.

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 million nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan.

Oʼzbekistonga 2022-yilda eng koʼp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

— Qozogʼiston – 1551,1 ming nafar;
— Tojikiston – 1447,8 ming nafar;
— Qirgʼiz R. – 1356,9 ming nafar;
— Rossiya – 567,7 ming nafar;
— Turkiya – 75,6 ming nafar;
— Janubiy Koreya – 19,9 ming nafar;
— Germaniya – 17,7 ming nafar;
— Hindiston – 16,8 ming nafar;
— AQSh – 13,1 ming nafar;
— Fransiya – 11 ming nafar;
— Buyuk Britaniya – 10,5 ming nafar;
— Ozarbayjon – 10,4 ming nafar;
— Italiya – 8,8 ming nafar;
— Ispaniya – 6,3 ming nafar;
— Xitoy – 5,4 ming nafar.